O‘zbekiston MDH davlatlarini o‘zaro savdodagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida o‘zaro savdo yo‘lidagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etish va yangi logistika yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirishga chaqirdi. Davlat rahbari MDH mamlakatlari yosh olimlarining I kongressini kelasi yili O‘zbekistonda o‘tkazishni ham taklif qildi.

Dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi. Harorat +29 darajagacha yetishi mumkin. Shanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

III chorakda ko‘chmas mulk narxlari sezilarli darajada oshdi

Joriy yilning III choragida ikkilamchi bozorda turar-joy narxlari 5,2%ga, yil boshidan buyon esa 18,1%ga qimmatlashdi. Ko‘chmas mulk ijarasi esa 14% ga oshgan. Narxlarning o‘sishiga talabning ortishi, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining ko‘payishi, qishloq xo‘jaligi pul tushumlarining oshishi ta’sir ko‘rsatdi.

Ohangaronda bir guruh shaxslar 16 gektar yerni $1,4 mln evaziga sotishda gumonlanmoqda

Toshkent viloyatida uch nafar shaxs tadbirkorga «Angren» EIZ hududidan 16 gektar yer olib berishni va’da qilib, buning evaziga $1,4 mln so‘ragan. Ular kelishilgan summadan $300 mingni olayotganda ushlandi. Gumonlanuvchilarga holat bo‘yicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tong vaqti Toshkent tumanida ikki marta zilzila qayd etildi

Qozog‘istonning Toshkentga yaqin bo‘lgan hududida tongi soat 04:39 va 05:16 da ikki zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Toshkent tumanida sezildi.

Ikkita YTHda bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohat oldi

Jizzaxda yuz bergan YTHda Cobalt traktor tirkamasiga urilishi oqibatida mashinada bo‘lgan maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, haydovchi va uch nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi jarohatlandi. Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan avariyada esa ikki nafar voyaga yetmagan shaxs jabrlandi, ulardan biri mashina boshqaruvida bo‘lgan.

Bir fuqaro bir nechta elektron raqamli imzoga ega bo‘lishi mumkin

Yangi tahrirdagi Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta elektron imzoga ega bo‘lishi mumkin, faqat u 2 yilga beriladi. Har bir kalitning sertifikati alohida ro‘yxatga olinadi.

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlangan yana 38 kishi oilalari bag‘riga qaytarildi

Ular Jo‘qorg‘i Kenges raisining so‘rovi va deputatlik kafolatlari asosida hibsxonadan chiqarildi. Avvalroq 34 nafar gumondor ham ozodlikka chiqarilgandi.

Samarqandda Volkswagen urib yuborgan 64 yoshli ayol vafot etdi

Samarqandda Volkswagen piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etdi. Haydovchi esa piyodani ko‘rmay qolganini aytdi.

9 oyda nikohlar soni kamaydi, ajralishlar ko‘paydi

2022 yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nikohlar soni 4,7 foizga kamaygan, ajralishlar esa 18,7 foizga oshgan.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Shohmotchi bellashmaydi — dona suradi»

Alibek Rustamov 1990 yildagi maqolasida iboralarning noto‘g‘ri qo‘llanishini tanqid qilib, o‘ynab gapirsa ham, o‘ylab gapirish zarurligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «shohmotchi bellashmaydi — dona suradi», bundan Farg‘onacha bel ushlashib ko‘rishdilar, degan mazmun chiqadi. Maqolada bu kabi misollar talaygina.

XX asrning «Temir xonimi» Margaret Tetcherning hayot yo‘li suratlarda

1925 yil 13 oktabr. Bundan 97 yil avval Buyuk Britanining ilk ayol bosh vaziri Margaret Tetcher dunyoga kelgandi. O‘zining shaxsiy sifatlari va qat’iyatliligi orqali hukumatni 12 yil davomida boshqargan Tetcher tarixga «Temir xonim» nomi bilan kirgan. Uning hayotiga oid qiziq faktlar «Gazeta.uz» materialida.