12 oktabr kuni Farg‘ona viloyati IIB JQB hamda viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

Tadbir davomida 1986 y.t., Farg‘ona shahar, A.Qodiriy ko‘chasida yashovchi fuqaro X.M. (erkak)ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xonadonidan keyinchalik o‘tkazish maqsadida 1150 dona «Tramadol», 14 dona «Regapen» va 141 dona «Tropikamid», jami 2119 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotish maqsadida saqlab kelinganligi aniqlandi,deya xabar berdi IIB matbuot xizmati.

Ashyoviy dalil tariqasida olingach, tekshiruv ishlari davom ettirilib, X.M.ning sherigi 1993 y.t., Farg‘ona shahar, Shifokorlar ko‘chasida yashovchi fuqaro O.X. (ayol) o‘zining yonidan 1 dona «Tropikamid», 2 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va 2 gr «gashish» giyohvandlik vositalari saqlab kelayotganligi aniqlanib, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.M. va O.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar JPKning 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.