17 oktabr kuni soat 11:10 larda Farg‘ona viloyatida joylashgan Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals korxonasida baxtsiz hodisa yuz bergan. Bu haqda «O‘zkimyosanoat» matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals zavodida qadoqlash sexidagi qurilish montaj ishlari jumladan, o‘g‘it qadoqlash uskunasi bunkeri ostida metall konstruksiya qismlarini o‘rnatish jarayonida, bunker Metall Universal 777 ishchisi ustiga qulab tushgan. Oqibatda erkak vafot etgan.

Hozirda dastlabki ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals korxonasi 2019 yilda Singapurning Indorama Holdings kompaniyasi tomonidan Qo‘qon superfosfat zavodini xususiylashtirilishi natijasida tashkil etilgan.