Wildlife Photographer of the Year (Yovvoyi tabiatni suratga olish bo‘yicha yil fotografi) xalqaro tanlovi tashkilotchilari 2022 yil g‘oliblarini e’lon qildi. Hakamlar hay’ati dunyoning 93 davlatidan jami 38 mingdan ortiq fotosuratlarni ko‘rib chiqdi va ular orasidan eng yaxshi asarlarni tanlab oldi. G‘olib bo‘lgan suratlar Londondagi Tabiiy tarix muzeyida namoyish etiladi va g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
G‘oliblar
Yil fotografi
Foto: Karine Aigner
Suratda — urg‘ochi asalari uchun kurashayotgan erkak «kaktus» asalarilarini (Diadasia) ko‘rish mumkin. Suratni amerikalik Karin Aygner olgan bo‘lib, u tanlovning 58 yillik tarixi davomida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan beshinchi ayol bo‘ldi.
Yilning eng yaxshi yosh fotografi
Foto: Katanyou Wuttichaitanakorn
15−17 yoshli fotograflar uchun bo‘lgan tanlovda tailandlik muallif g‘olib bo‘ldi. U kitlarning keng tarqalgan turlaridan biri bo‘lgan Braydning — mo‘ylovlarini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Suratdagi kulrang «jun» aslida mo‘ylov bo‘lib, u ushbu kit oziqlanadigan mayda baliq va qisqichbaqasimonlarni filtrlash uchun xizmat qiladi.
Yosh fotograflar (11 yoshdan 14 yoshgacha)
Foto: Ismael Domínguez Gutiérrez
Tumanli o‘rmondan o‘tib ketayotib, muallif qurigan daraxt ustida o‘tirgan suvqiyg‘irni ko‘rib qoladi — qush tuman tarqalishini va ov qilish imkoni paydo bo‘lishini kutmoqda.
Yosh fotograflar (10 yoshgacha)
Foto: Ekaterina Bee
Oilasi bilan bir kunlik sayohatga chiqqan qiz noodatiy kurashni payqab qoladi. Ikki tog‘ echkisi shoxlari bilan to‘qnashib, huddi ringdagi bokschilardek orqa oyoqlarida turib zarba almashishda davom etmoqda.
Tabiat san’ati
Foto: Junji Takasago
Surat Boliviyadagi qurib qolgan sho‘r ko‘l — Salar de Uyunida olingan. Ushbu ko‘lni «osmondagi ko‘zgu» deb ham atashadi.
Yovvoyi tabiat shaharda
Foto: Dmitry Kokh
Suratni rossiyalik fotosuratchi Dmitriy Kox Kolyuchinskaya ko‘rfazi bo‘ylab qayiqda sayohat qilayotgan paytida olgan. Sohilda u tashlandiq aholi punktidagi uyni ko‘zdan kechirayotgan oq ayiqlarni ko‘rib qoladi. Dron yordamida Dmitriy bir necha bor suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Jonzotlar portretlari
Foto: José Juan Hernández Martinez
Suratda ko‘rib turganingiz yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan kamyob qush — Kanariya tuvaloq qushi. Qushlarning raqsini suratga olish uchun fotograf har yili qushlar o‘z juftini topish uchun raqs uyushtiradigan joy yaqiniga tunda kelib yashiringan.
Yashash joyidagi jonzotlar
Foto: Daniel Mideros
Tabiat va sivilizatsiya chegarasida turgan ko‘zoynakli ayiqning surati Ekvador poytaxti Kitodan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda olingan.
Amfibiyalar va reptiliyalar
Foto: Fernando Constantino Martínez Belmar
Surat Meksikadagi «Osilgan ilonlar g‘orida» olingan. Joyning nomi suratni tasvirlashga yordam beradi: bu yerda kechqurun toshlar orasidagi yoriqlardan chiqib, havodagi ko‘rshapalaklarni ushlaydigan ilonlar yashaydi.
Okeanlar: global kartina
Foto: Richard Robinson
Fotograf kamerali kran yordamida asta-sekin uning qayig‘iga yaqinlashayotgan kitlarni tasvirga olgan. Fotografga omad kulib boqqan: u suv ostidagi qorong‘ulikda juftlashayotgan kitlarni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Suv osti dunyosi
Foto: Tony Wu
Fotograf ulkan dengiz yulduzining ehtirosli raqsini suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Suv omborlari: global kartina
Foto: Daniel Núñez
Fotograf dron yordamida tirik o‘rmon va suv o‘tlari o‘sib ketgan Amatitlan ko‘li o‘rtasidagi kontrastni ko‘rsata olgan. Bunday holat kuzatilishini sababi — har yili bu yerga Gvatemala shahridan 75 ming tonna chiqindi to‘kiladi.
Sutemizuvchilar
Foto: Anand Nambiar
Muallif Himoloy echkilarini ovlayotgan qor barsini noodatiy rakursdan ushlay olgan.
O‘simliklar va qo‘ziqorinlar
Foto: Agorastos Papatsanis
Muallif ertaknamo muhit yaratish uchun keng burchakli obyektivdan foydalangan. Tasvirning markazida yiliga bor-yo‘g‘i bir necha kun gullab turadigan qo‘ziqorin turibdi.
Portfolio
Foto: Laurent Ballesta
Sharqiy Antarktida yaqinidagi muzdan 32 metr pastda, Adeli Yeri yaqinidagi dengiz tubida dengiz umurtqasizlarining «tirik piradmidasi» tasviri. Muallif Loran Balesta noldan past haroratdagi suvga sho‘ng‘ib, muz ostidagi hayotning xilma-xilligini kashf etmoqda.
Fotojurnalistika
Foto: Brent Stirton
Mashhur fotojurnalist Brent Stirton suratida — tog‘ gorillasi Ndakasi hayotining so‘nggi daqiqalari tasvirlangan. U ikki oyligida Virunga milliy bog‘ida (Kongo Demokratik Respublikasi) guruhi ko‘mir mafiyasi tomonidan yo‘q qilingandan keyin qutqarib olingan. Ndakasi o‘zining qutqaruvchisi va qo‘riqchisi Andre Baumaning qo‘lida.
Fototanlovda ishtirok etgan boshqa suratlar
Foto: Adam Rice
Foto: Clay Bolt
Foto: Alex Badyaev
Foto: Rajan Desai
Foto: Adam Rice
Foto: Samuel Sloss
Foto: Srikanth Mannepuri
Foto: Suzi Eszterhas
Foto: Tiina Törmänen