Yo‘ldashev Farrux Anvarovich Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani prokurori etib tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Bosh prokuraturasida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh va Nukus tumanlariga ham yangi prokurorlar tayinlandi.
Unga ko‘ra:
- Bahrom Masharipov Taxiatosh tumani prokurori etib;
- Po‘lat Xalmuratov Nukus tumani prokurori etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar Bahrom Masharipov O‘zbekiston Bosh prokuraturasida, Po‘lat Xalmuratov esa Taxtako‘pir tumani prokuraturasida faoliyat olib borgan.