Toshkentda 22 oktabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahrida 22 oktabrdan ijtimoiy soha obyektlari, 24 oktabrdan esa ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.

Poytaxt va 4 ta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi − Energetika vazirligi

Energetika vazirligi atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi va ko‘p yomg‘ir yog‘ishi elektr energiyasini uzatishda nosozlik keltirib chiqarishini ma’lum qildi. Shu sabab Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrining ayrim tumanlarida vaqtincha elektr ta’minoti uzilishi mumkin.

2024 yil 1 yanvargacha yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish yakunlanadi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvarga qadar yer ajratish haqida qarori yo‘q yer uchastkalarini rasmiylashtirish yakunlanadi.

Kamharakatlik sabab 2030 yilgacha 500 mlndan ortiq kishi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalininishi mumkin

2020 yildan 2030 yilgacha kamharakatlik tufayli dunyo bo‘ylab 500 milliondan ortiq odam yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalinishi mumkin. Hozirda o‘smirlarning 81 foizi va kattalarning 27,5 foizi faol bo‘lmagan turmush tarzini olib boradi.

Shavkat Mirziyoyev YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakalani qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti 19 oktabr kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakalani qabul qildi. Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo‘l bilan tartibga solish va uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Marg‘ilonga «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladi

Marg‘ilonga Butunjahon hunarmandlar Kengashi qarori bilan «Jahon hunarmandlar shahri» maqomi beriladi. Bu shaharning World Crafts Council tarmog‘iga kirishini ta’minlaydi. Marg‘ilon ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan qo‘shilgan uchinchi shahar bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston va Sirdaryodagi tumanlarga yangi prokurorlar tayinlandi

Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh va Nukus hamda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga prokuror tayinlandi.

UzAuto Motors ochiq tanlov asosida 1800 dan ortiq kadrni ishga qabul qildi

Chevrolet Onix va Tracker avtomobil modellarini ishlab chiqarish uchun UzAuto Motors`ga Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan fuqarolar to‘rt bosqichda saralab ishga olindi.

Samarqanddagi YTHda haydovchi va yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etdi

tumanida Nexia va Spark to‘qnashuvi oqibatida tug‘ruqxonadan olib ketilayotgan 3 kunlik chaqaloq hamda haydovchi vafot etdi.

Zararli yoki xavfli ishlarda ishlaydigan xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Hukumat qarori bilan elektr energetikasi obyektlariga kiruvchi uskuna va inshootlarni nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari hamda qurilish-montaj, ta’mirlash ishlarini bajaruvchilar dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Farg‘onada Lacetti va Matiz to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Matiz bilan to‘qnashdi. Oqibatda Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi, 3 kishi jarohatlandi.

Markaziy bank raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Nodirbek Saydullayev Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u Asaka bank boshqaruv raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Buxoroda xonadonda gaz portlashi oqibatida 2-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Qorako‘l tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 2-sinf o‘quvchisi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Moskvadan Urganchga uchayotgan samolyot Samaraga favqulodda qo‘ndi

Moskvadan Urganchga uchayotgan «Azimut» kompaniyasining SSJ-100 samolyoti yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Samaraga favqulodda qo‘ndi. Hozir reys Urganchga yetib bordi.

Tijorat banklari 19 oktabr uchun dollarning sotuv kursini yangiladi

Markaziy bank 19 oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 157,43 so‘m etib belgiladi. Banklar ham o‘z takliflarini yangiladi.

Sirdaryoda 68 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Xovos tumanida ikki fuqaro 9 turdagi 68 dona baliqni noqonuniy ovlangani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 47 mln 160 ming so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura organiga yuborildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Insonning kim ekanligi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi»

Insonning kim ekanligi, ichki dunyosi uning bir og‘iz so‘zidanoq ma’lum bo‘lib qoladi. Zero, maqolda aytilganadek, ovqat ta’mi tuz bilan, odam ta’mi so‘z bilan. Mazkur fikrni 2007 yilda Shodmon Otabek o‘zbek tilini bilsada, xorijiy tillarda so‘zlashuvchi ayrim odamlarni tanqid qila turib yozgandi.

Oradan 20 yil o‘tib, «Osmondagi bolalar-3» filmi tasvirga olinmoqda

Muxlislarni qanday yangiliklar kutayotganiga qiziqqan «Afisha.uz» muxbirlari s’yomka maydonchasidan maxsus reportaj tayyorladi.