Oasis Credit 100% xorijiy kapitalga ega bo‘lgan birinchi mikromoliya tashkiloti xisoblanadi. Kompaniya o‘z faoliyatini O‘zbekistonda boshladi. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar — Finlyandiyaning Finnfund, Germaniyaning Inspiring Development GmbH, Buyuk Britaniyaning Sturgeon Oasis Creditning aksiyadorlari hisoblanadi.
Oasis Credit bosh direktori Mahmudali Guseynov 20 yildan ortiq biznes kreditlash bo‘yicha tajribaga ega. U o‘z faoliyatini Gruziyaning yetakchi, kichik va o‘rta biznes kreditorlaridan biri bo‘lgan ProCredit bankida boshlagan. Shuningdek, u Turkiya, Ukraina, Germaniya, Nigeriya va Ozarbayjonda biznesni kreditlashni rivojlantirish bilan shug‘ullangan.
«Oasis Creditning ustuvor yo‘nalishlari — kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilishning tezlikda yuqori darajasi, byurokratiyaning va garovlarning yo‘qligi yoki kichikligi. Bizning tajribamizga ko‘ra, barcha mamlakatlardagi tadbirkorlar juda ishonchli sheriklardir. Shartnoma — bu kelishib oldik va biz majburiyatlarni bajaramiz yoki obro‘yimizni yo‘qotamiz. Ularga garov shaklida qo‘shimcha kafolatlar kerak emas. Biz ham biznes bilan biznes kabi ishlashga intilamiz. Bizning vazifamiz qaror qabul qilish va bir kun ichida pul berish. Tadbirkor o‘sish, rivojlanish, investitsiyalar, loyihalar haqida o‘ylashi kerak. U pulni qayerdan olish kerakligi va buning uchun qancha hujjatlarni to‘plash va yechimni kutish kerakligi haqida o‘ylashga vaqt sarflamasligi kerak. Biz Oasis Credit`ni yaxshi kichik biznes har doim kelib, aniq va shaffof sharoitlarda qarz oladigan tashkilotga aylantirishga intilamiz», — tushuntirdi bosh direktor Mahmudali Guseynov.
«O‘zbekistonda yuz minglab tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari mavjud. Bu butun dunyo bo‘ylab iqtisodiyotning eng faol va o‘sib borayotgan qismidir va ular o‘sishi va rivojlanishi uchun ulkan resurslarga muhtoj. Resurslar qancha ko‘p bo‘lsa, ularning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ishtiroki, ish o‘rinlari yaratish va innovatsiyalari ham ko‘p bo‘ladi. Biz Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), Germaniya taraqqiyot banki (GTB) va boshqa Yevropa banklari va rivojlanish jamg‘armalari kabi tashkilotlarning resurslarini O‘zbekistonda kichik biznesga taqdim etish yo‘llaridan biri bo‘lishga umid qilamiz», — Mahmudali Guseynov Oasis Creditning boshqa mamlakatlarda kredit berish tajribasiga egaligi va yirik xalqaro moliya tashkilotlarining moliyaviy resurslari haqida so‘zlab berdi.
Hozirgi vaqtda tashkilotning asosiy vazifasi malakali xodimlarni yollashdir
«Bizning kredit bo‘yicha mutaxassisimiz kichik biznes muxlisidir. U ishbilarmonlar bilan tanishishni izlaydi, ularning hikoyalarini tinglashga, ular bilan loyihalar va investitsiyalar haqida o‘ylashga va ularni kredit qo‘mitalarimizda g‘ayrat bilan himoya qilishga tayyor. Biz o‘z biznesini boshlashni xohlaydigan, ammo hozircha buning uchun juda yosh bo‘lgan mard insonlarni qidirmoqdamiz. Ehtimol, ular universitetda iqtisodiyot va tadbirkorlikni o‘rganishgan, ehtimol ular ozgina ish tajribasiga ega va bir necha yil ichida o‘zlarining startaplarini tashkil qilish uchun yanada o‘sishni xohlashadi. Bunday yoshlarga bizda o‘sish uchun ideal sharoitlar, bilim va ko‘nikmalar inkubatori mavjud», — tushuntirdi bosh direktor Mahmudali Guseynov.
Oasis Credit O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi va kreditlarni berishga ham ulgurdi.
«Odamlar bizni hali bilishmaydi, lekin siz kreditlar haqida gapira boshlaysiz va darhol qiziqish va arizalar paydo bo‘ladi. Biz endigina boshladik, ammo juda katta o‘sish rejalarimiz bor», — Mahmudali Guseynov kredit berishga talab kattaligini aytib o‘tdi.
Tashkilot va uning kredit mahsulotlari haqida ko‘proq ma’lumotni Oasis Credit saytida yoki kompaniyaning telefoniga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin: (+998) 88−008−34−31.
Reklama huquqlari asosida.