Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Jizzax shahrida «Y.» MCHJ rahbari I.A. hududiy tijorat banki filialidan mehmonxona binosini jihozlash uchun ajratilgan 1,5 mlrd so‘m kredit mablag‘ini boshqa maqsadalarda sarflab yuborgani aniqlandi.

Shu kabi, fuqaro I.E. o‘g‘li Sh. ning nomiga «Z.M.» MCHJni tashkil etib, savdo va maishiy hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish majmuasini jihozlash uchun bank filialidan 1,4 mlrd so‘m kredit olishga erishib, ushbu kreditni o‘zlashtirish maqsadida go‘yoki tovarlar yetkazib berilganligi haqida yuk xatlarini rasmiylashtirish orqali kredit mablag‘ini boshqa MCHJlarga o‘tkazib, talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.