1 noyabr kuni tonggi soat 09:35 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijon va Farg‘ona viloyatida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Zilzila koordinatalari: 40,05 gradus shimoliy kenglik; 72,66 gradus sharqiy uzunlik.
Magnitudasi — M=3,7. Chuqurlik — 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi, Andijon viloyatida:
- Marhamat tumanida — 2 ball, 61 km.
- Buloqboshi tumanida — 2 ball, 63 km.
Farg‘ona viloyatida:
- Quvasoy shahrida — 2 ball, 64 km.
- Xo‘jaobod tumanida — 2 ball, 66 km.