Vazirlar Mahkamasi qarori bilan bir qancha hudud qurilish bosh boshqarmalariga yangi rahbarar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Unga ko‘ra:
- Sohibjon Djumayev Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Hayot Davlatov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Timur Turdiboyev Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Maxmud Tursunov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Zoxidjon Zokirov Qashqadaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Aktam Chorshanbiyev ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Laziz Pozilov Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Akmal Raxmonov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Said Tuxtayev Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi;
- Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — shahar bosh arxitektori lavozimiga Shovkat Dusmuxamedov nomzodi ma’qullandi;
- Dilshod Niyazov o‘z arizasiga asosan Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.
Bundan avval, Botir Kudratxodjayev harbiy prokuror lavozimiga va Ulug‘bek Kurbanov prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakovning o‘rinbosari — prezident protokoli rahbari lavozimiga tayinlani haqida xabar berilgandi.