O‘zbekistonga Johnson&Johnson vaksinasining yangi 583 200 dozasi olib kelindi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
COVID-19`ga qarshi emlash ishlari tizimli ravishda boshlanganiga bir yarim yildan oshdi. Bu davrda 71,6 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi, deyiladi xabarda.
Johnson& Johnson O‘zbekistonda SOVID-19ga qarshi qo‘llanilayotgan sakkizinchi turdagi vaksinadir. Uning birinchi partiyasi (419 950 doza) respublikaga 31 oktabr kuni olib kelingandi.
2022 yil oxirigacha ushbu vaksinaning yana 1 000 800 dozasini yetkazib berish rejalashtirilgan. Bunga Kanada hukumatining hayriya sifatidagi 471 600 dozasi, shuningdek, COVAX dasturi orqali 583 600 dozasini yetkazib berish kiradi.