O‘zbekiston hududida 6 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 08:56 da zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida, 15 km chuqurlikda joylashgan. Epitsentrda zilzila kuchi 4 balni tashkil etdi.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Peshko‘ tumanida 4 ball, 26 km.
- Shofirkon tumanida 2−3 ball, 66 km.
- Konimex tumanida 2 ball, 90 km.
- Jondor tumanida 2 ball, 91 km.
- Romitan tumanida 2 ball, 95 km.