Toshkent shahar Kengashi 2022 yil biriinchi yarim yillikda poytaxtning davlat budjeti 13,8 trln so‘mni tashkil etib, belgilangan 12,4 trln so‘m prognoz 111 foizga ortig‘i bilan bajarilgan. Bu haqda e-qaror.gov.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarda keltiriladi.
Taqdim etilgan statistikaga ko‘ra, mahalliy budjetlar daromadlari 3,2 trln so‘mni tashkil etib, Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlari belgilangan 2,8 trln so‘m prognoz 116 foizga bajarilgan, mahalliy budjetda prognozdan tashqari 412,5 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ qolgan.
Shuningdek, respublika budjetiga soliq tushumlari bo‘yicha belgilangan prognozdan ortiqcha tushirilgan 907 mlrd so‘m mablag‘ Toshkent shahar mahalliy budjetiga o‘tkazib berilgani ma’lum bo‘ldi.
Prezidentning 31 avgustdagi [PF-213-sonli] farmoniga asosan yer uchastkalariga bo‘lgan hukuklarni sotishdan tushgan 35,6 mlrd so‘m mablag‘ Toshkent shahri mahalliy budjetining daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismiga o‘tkazildi. Buning natijasida 154 mlrd so‘mdan oshiqroq pul tushumlari poytaxt budjetida shakllandi.
Tumanlar kesimida eng yuqori foyda Olmazor (95,6 mlrd so‘m), Yunusobod (93,7 mlrd so‘m) va Yashnobodda (86,2 mlrd so‘m) qayd etildi.
Eng quyi ko‘rsatkichlar esa Bektemir (29,3 mlrd so‘m) va Yangixayot tumanlarida (33,98 mlrd so‘m) ekani ma’lum bo‘ldi.
Toshkent shahar va tumanlari mahalliy budjetining daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha 2022 yil 1-yarim yillik umumiy hisoboti
budjet tushumlarining asosiy qismi yuridik shaxslar mol-mulkidan keladigan soliqlar tashqil etadi.
№ | Daromadlar nomi | Aniqlangan reja | Ijro | Farqi | |
(+, -) | % | ||||
1 | Foyda solig‘i | 98 571 | 115 975 | 17 405 | 117.7 |
2 | Yagona soliq to‘lovi, kich.kor.va mikrof. | 400 866 | 418 138 | 17 272 | 104.3 |
3 | Jismoniy shaxslar daromad solig‘i | 182 372 | 272 355 | 89 983 | 149.3 |
4 | Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i | 48 573 | 46 897 | -1 676 | 96.6 |
5 | Benzin va dizel yoqilg‘isi uchun soliq | 240 758 | 248 608 | 7 850 | 103.3 |
6 | Aloka xizmatlari kursatish uchun aksiz soligidan maxalliy budjetlarga utkaziladigan mablaglag | 33 668 | 33 668 | 0 | 100.0 |
7 | Alkogol maxsulotlari shu jumladan pivo uchun aksiz soligidan maxalliy budjetlarga utkaziladigan maxsulotlar | 55 691 | 55 691 | 0 | 100.0 |
8 | Tamaki maxsulotlari uchun aksiz soligidan maxalliy budjetga utkaziladigan mablaglar | 71 430 | 71 430 | 0 | 100.0 |
9 | Yuridik Mol-mulk solig‘i | 433 787 | 569 264 | 135 477 | 131.2 |
10 | Jis.shaxslar mol-mulk solig‘i | 79 443 | 81 283 | 1 840 | 102.3 |
11 | Yuridik shaxslar yer solig‘i | 339 146 | 360 402 | 21 256 | 106.3 |
12 | Jismoniy shaxslar yer solig‘i | 60 999 | 63 478 | 2 479 | 104.1 |
13 | Suv solig‘i | 43 730 | 48 409 | 4 679 | 110.7 |
14 | Davlat boji | 244 352 | 268 685 | 24 333 | 110.0 |
15 | Jarimalar | 144 608 | 179 774 | 35 166 | 124.3 |
16 | Mahalliy soliqlar va yig‘imlar | 205 459 | 166 096 | -39 363 | 80.8 |
17 | Boshqa tushumlar | 119 384 | 215 167 | 95 783 | 180.2 |
Daromadlar jami | 2 802 837 | 3 215 322 | 412 485 | 114.7 |
Shu bilan birga, budjetga ortiqcha to‘langan soliqlar miqdori o‘tgan yilga (76 mlrd so‘m) nisbatan 37 mlrd so‘mga yoki 51 foizga qisqargan bo‘lsada, (39 mlrd so‘m) yuqoriligicha qoldi.
budjet tushumlarining asosiy qismi yuridik shaxslar mol-mulkidan keladigan soliqlar 569,3 mlrd so‘mni tashqil etib, prognoz qilinganidan 31,2%ga yoki 135,4 mlrd so‘mga ko‘p.
Shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ham 272,4 mlrd so‘mni qayd etib, belgilangan rejadan 49,3%ga yoki 89,98 mlrd so‘mga ko‘proq.
Olti oy davomida 179,7 mlrd so‘mlik jarimalar to‘plangan (+24,3%), davlat bojlari miqdori esa — na 268,6 mlrd so‘mni (+10%) tashkil etdi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig‘i (46,9 mlrd.so‘m) va mahalliy soliqlar va yig‘imlar (166,1 mlrd.so‘m) bo‘yicha ko‘rsatkichlar kutilganidan past bo‘ldi.