8 noyabr kuni prezidentning [PQ-416-sonli], «Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Qarorga ko‘ra Toshkent arxitektura-qurilish instituti universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.
Huddi shunday tarzda, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ham universitet sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.
Universitetlarda o‘quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi va ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo‘naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.
2023 yil 1 martga qadar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro ta’lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida texnopark, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida inkubatsiya markazi tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, hukumatning 2021 yil 21 avgustdagi qarori bilan Erjan Kaxya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlangandi.