Toshkentning Mirobod, Sergeli va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida issiqlik ta’minoti o‘chiriladi, deb xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent.
14 noyabr, dushanba kuni soat 06:30 dan boshlab DU-600 mm magistral quvurida sodir bo‘lgan avariya sababli rejadan tashqari ishlar olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti uzilmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Qo‘yliq dahasi 1,2,3,4, 5, 6 va 7;
- Munis ko‘chasi;
- Yangi Qo‘yliq ko‘chasi;
- Fitrat ko‘chasi;
- Bexterova Sarako‘l ko‘chasi;
- Yangi zamon ko‘chasi;
- Tolimarjon ko‘chasi;
- Sarako‘l ko‘chasi
Issiqlik ta’minoti 14 noyabr kuni soat taxminan 21:00 ga qadar qayta tiklanadi, deyiladi kompaniya xabarida.