FVV Seysmoprognostik monitoring markazining xabar berishicha, 14 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:07 da Tojikistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Uning epitsentri Toshkentdan 149 km janubiy-g‘arbda bo‘lib, zilzila O‘zbekistonning:

  • Bekobod shahrida 3 ball, 33 km;
  • Shirin shahrida 3 ball, 33 km;
  • Yangiobod tumanida 3 ball, 34 km;
  • Yangiyer shahrida 3 ball, 48 km;
  • Xovos tumanida 2−3 ball, 50 km;
  • Bekobod tumanida 2−3 ball, 51 km;
  • Boyovut tumanida 2−3 ball, 51 km;
  • Guliston tumanida 2 ball, 68 km;
  • Zomin tumanida 2 ball, 69 km;
  • Guliston shahrida 2 balni tashkil etdi (70 km).

Shuningdek, Toshkent vaqti bilan soat 06:36 da ikkinchi marta yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Magnituda 3,5 ballni tashkil etdi. Zilzila chuqurligi 60 km bo‘lib, epitsentri Toshkentdan 147 kmda joylashgan.