14 noyabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 15:42 da zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 15:42 da sodir bo‘ldi. Uning epitsentr Jizzax viloyati Zarbdor tumani. Magnituda 3,1, chuqurlik 15 kmni tashkil etdi.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Sardoba tumanida 3 ball, 10 km;
- Zarbdor tumanida 3 ball, 16 km;
- Paxtakor tumanida 2−3 ball, 26 km;
- Oqoltin tumanida 2 ball, 32 km;
- Xovos tumanida 2 ball, 34 km.
Ushbu zilzila 14 noyabr kuni O‘zbekiston hududida qayd etilgan uchinchi zilzila hisoblanadi. Bundan avval, soat 03:07 da Tojikistonda, 13:01 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan yer silkinishi mamlakat hududida sezilgandi.