Foto: “Gazeta.uz”
Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni Chimyonda qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi. Ehtiyot choralarini ko‘rish bilan birga «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.
17 noyabr 2022, 09:51
Jamiyat
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chishi xavfi haqida e’lon berdi.
Chimyon hududida 17 noyabr kuni soat 08:00 dan 18 noyabr kuni soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.
FVV fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni va «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling