O‘zgidromet markazi 18−22 noyabr kunlari respublikaning 6 ta hududida qor ko‘chish xavfi borligini e’lon qildi.
Kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan, quyidagilarda qor ko‘chish xavfi elon qilinadi:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin tumani;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
- Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida.
Markaz tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘radi.