O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar uchun qishki ta’tilda mamlakat bo‘ylab parvozlarda chegirma taqdim etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar qildi.
Aviakompaniya faqat talabalar uchun 22 dekabrdan 10 yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun 50% chegirma e’lon qildi.
Buning uchun Uzbekistan Airways filialiga yoki hududdagi aeroport aviakassasiga kelib, talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniya «Keksalar turizmi oyi» munosabat bilan 1 noyabrdan 30 noyabrigacha keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun parvozlarda 25% chegirma e’lon qilgandi.