6−8 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.
Tabiiy ofat quyidagi hududlarda kuzatilishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin tumanida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq,tumani va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
- Namangan viloyati: Pop tumanida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.