Temir yo‘l tashuvlariga bo‘lgan talablarni qondirish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati.
Xususan, 126-sonli Andijon — Xiva yo‘nalishi 12 dekabrdan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Andijon 08:28 — Xiva 06:58
125-sonli Xiva — Andijon yo‘nalishi 13 dekabrdan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Xiva 08:28 — Andijon 06:56
Shuningdek, 129-sonli Termiz — Andijon yo‘nalishi 12 dekabrdan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Termiz 15:25 — Andijon 12:56
130-sonli Andijon -Termiz yo‘nalishi 13 dekabrdan boshlab, haftaning har seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Andijon 14:28 — Termiz 11:27
Bundan tashqari, 128-sonli Andijon — Qo‘ng‘irot yo‘nalishi 11 dekabrdan boshlab haftaning har yakshanba va chorshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Andijon 15:52 — Namangan 17:57 — Qo‘ng‘irot 18:22
127 sonli Qo‘ng‘irot — Andijon yo‘nalishi 13 dekabrdan boshlab har seshanba va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- Qo‘ng‘irot 09:33 — Namangan 10:18 — Andijon 12:27
Chiptalarni temir yo‘l kassalaridan yoki elektron tarzda chipta.railway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.