Comedy Wildlife Photography Awards tanlovi uchun 2022 yilda dunyoning 85 davlatidan 5 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan. Final bosqichi uchun 43 ta surat saralab olindi. Amerikalik fotograf Jennifer Xedlining «Not so cat-like reflexes» («Mushuklarga unchalik ham hos bo‘lmagan harakat») sarlavhasi ostidagi daraxtdan qulayotgan sher bolasi aks etgan surati g‘olib deb topildi. Tomoshabinlar tomonidan tanlov asosida taqdim etiladigan mukofot esa «hafalashgan» pingvinlarning surati uchun berildi.
Quyida ushbu tanlovning final bosqichiga chiqqan eng quvnoq suratlarni ko‘rishingiz mumkin.
Foto: Jennifer Hadley / Not so cat-like reflexes
«Bu 3 oylik sher bolasi akasi va singlisi bilan daraxtda edi. Qolgan sherlar boshqa daraxtlarda yoki yerda edi. U pastga tushmoqchi bo‘ldi va kerakli joyni qidirib shoxlar orasidan yurishga harakat qildi va nihoyat buni „uddaladi“. Ehtimol, bu uning daraxtga birinchi marta tushishi bo‘lgandir. Unga hech narsa bo‘lmadi, hammasi yaxshi. O‘rnidan turib, boshqa bolalar bilan yugurib ketdi», — deya suratni ta’riflaydi muallif.
Foto: Jean Jacques Alcalay / Misleading African viewpoints 2
Begemot boshqa begemotning orqa tomonida turgan qush yonida esnamoqda.
Foto: Arturo Telle Thiemann / Say cheeeese
«Kameraga qarab, Azor orollarida suratga olingan bir juft baliq. Bu baliqlar juda tajovuzkor bo‘lishsa-da, hattoki ular ham kulgili ko‘rinishi mumkin», — deb yozadi muallif.
Foto: Jennifer Hadley / Talk To The Fin!
«Bu Folklend orollarida suratga olingan. Bu ikki gentoo pingvinlari sohilda toblanishayotgan edi, ulardan biri o‘zini silkitib, juftini hafa qilib qo‘ydi», — deb yozgan fotograf Jennifer Xedli.
Bu Jennifer Xedlining final bosqichi uchun saralangan ikkinchi surati edi. Unga mukofotni qo‘lga kiritgani uchun The Comedy Wildlife Photography Awards tomonidan Keniya qo‘riqxonasida bir haftalik safari-tur taqdim etildi.
Foto: Arshdeep Singh / «I CU boy!»
Foto: Michael Eastwell / «It’s all kicking off!»
Foto: Miroslav Srb. / «Hello everyone»
Foto: Federica Vinci / Monkey Wellness Centre
Foto: Emmanuel Do Linh San / I’m gonna strangle you!
Foto: Alex Pansier / Jumping Jack
Foto: Mark Schocken / Tight Fit!
Foto: John Chaney / Fight Back
Ma’lumot uchun, Comedy Wildlife Photography Awards yillik mukofoti ilk bor 2015 yilda topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Wildlife Photographer of the Year 2022 fototanlovi g‘oliblari aniqlangani haqida xabar bergan edik.