O‘zbekistonda 10 oyda 18 230 nafar egizak tug‘ildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 408 taga ko‘p.
10 oyda hududlar bo‘yicha:
- Samarqand viloyatida — 2122 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida — 1888 nafar;
- Farg‘ona viloyatida — 1717 nafar;
- Andijon viloyatida — 1676 nafar;
- Namangan viloyatida — 1648 nafar;
- Toshkent shahrida — 1616 nafar;
- Surxondaryo viloyatida — 1546 nafar;
- Toshkent viloyatida — 1431 nafar;
- Buxoro viloyatida — 954 nafar;
- Xorazm viloyatida — 899 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 888 nafar;
- Jizzax viloyatida — 777 nafar;
- Navoiy viloyatida — 579 nafar;
- Sirdaryo viloyatida — 489 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
12 dekabr soat 8:00 dan 13 dekabr 8:00 ga qadar kun davomida O‘zbekistonda 2806 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 1492 nafari o‘g‘il, 1314 nafari qiz bolalar. Shulardan 29 nafari egizaklardir. 11 dekabr kuni esa kun davomida 2273 nafar bola tug‘ildi: 1163 o‘g‘il, 1110 qiz, 21 egizak.