Markaziy bank matbuot xizmatining xabar berishicha, to‘lov tashkiloti litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida faoliyatini amalga oshirmagani munosabati bilan:
- International Eco Pay;
- Panda Internet Technology;
- ️UGNIS korxonalarining to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olindi.
Ushbu holat «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi qonunning 25-moddasiga muvofiq Markaziy banki boshqaruvining 2022 yil 15 dekabrdagi qaroriga asosida amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, International Eco Pay — 2020 yilning 16 mayida, Panda Internet Technology — 2021 yilning 11 may kuni, UGNIS — 2021 yilning 12 iyulida to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan.
Hozirda to‘lov tashkilotlari reyestrida faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalar soni 44 tani tashkil etmoqda.