Bangkokda (Tailand) sportning kikboksing turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 24 ta — 10 oltin, 9 kumush va 5 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi xabar berdi.
Oltin medallar:
- Davlatbek Abdumurotov — 67 kg;
- Sergey Kosolapov — 69 kg;
- Nazarbek Mahmudov — 51 kg;
- Xasanxon Baratov — 91 kg;
- Murodbek Azimov — 91 kg;
- Husanxon Baratov — 91 kg;
- Dilrabo Tairova — 55 kg;
- Malika Choriyeva — 65 kg;
- Asilbek Sodiqov — 60 kg.
Kumush medallar:
- Dilrabo Tairova — 55 kg;
- Malika Choriyeva — 65 kg;
- Zarifjon Istamov — 60 kg;
- Jamoliddin Nosirov — 71 kg;
- Temurbek Xolmatov — 81 kg;
- Sherali Musoyev — 51 kg;
- Jamoliddin Nosirov — 71 kg;
- Navro‘z Jumanazarov — 67 kg;
- Oydos Ahmedov — 57 kg.
Bronza medallari:
- Anoraxon Meliyeva — 65 kg;
- Bobirbek Rahmonov — 81 kg;
- Lazizbek Begmatov — 57 kg;
- Shohsanam Erkinova — 56 kg;
- Bekzod Nasretdinov — 60 kg.
Osiyo chempionatida O‘zbekistondan jami 22 nafar sportchi 27 yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etdi.
Zarifjon Istamov (60 kg), Sergey Kosolapov (69 kg), Malika Choriyeva (65 kg) 2023 yilda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon jang san’atlari o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.