2022 yilda O‘zbekistonning bosh archasi an’anaviy tarzda Istiqlol ko‘chasida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona maydonida o‘rnatildi. Maydon nafaqat bayramona bezatilgan, balki unda sun’iy muz maydoni va bolalar attraksionlari ham mavjud. Bundan tashqari, keng ko‘lamli ko‘ngilochar dasturlar ham bo‘lib o‘tmoqda.

реклама

Shuningdek, u yerda shirinliklar, o‘yinchoqlar va esdalik sovg‘alari sotiladigan savdo nuqtalari 8 yanvarga qadar mehmonlarni xushnud qilishga tayyor. Bundan tashqari, maydonda Yangi yil tadbirlari va konsertal o‘tkaziladi. Har kuni yorqin estrada yulduzlarining chiqishlari kutilmoqda.

реклама

Bayram dasturi:

  • 11:00 — musiqiy dastur;
  • 12:00 — katta ekranda namoyish etiladigan multfilmlar;
  • 13:30 — Madaniyat uyi dasturi;
  • 14:30 — o‘zbek tilida Yangi yil teatr tomoshasi;
  • 15:30 — sirk yulduzlarining chiqishi;
  • 16:30 — rus tilida Yangi yil teatr tomoshasi;
  • 17:30 — jonli ijro etadigan guruhlar chiqishlari;
  • 18:30 — instrumental musiqa;
  • 19:30 — raqs shousi va estrada yulduzlarining chiqishlari;
  • 20:30 — illyuzionistlar shousi;
  • 21:00 — DJ va estrada yulduzlarining chiqishlari.

реклама

Bayram tadbirlari 2023 yil 8 yanvarga qadar har kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha o‘tkaziladi.

Reklama huquqlari asosida.