Davlat soliq qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 1 dekabr holatiga, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 40 ta xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan. Ikki yil ichida ularning soni 2 baravar ko‘paydi.
Joriy yilning 11 oyi davomida mazkur xorijiy kompaniyalar tomonidan 44,8 mlrd so‘m soliq to‘langan, bu o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘proq. Bunda, to‘langan soliqlarning 98 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Jumladan:
- Meta — 18,6 mlrd so‘m;
- Google — 14,8 mlrd so‘m;
- Apple — 6,2 mlrd so‘m;
- Booking.com — 1,4 mlrd so‘m;
- Netflix — 867,7 mln so‘m;
- Xsolla — 798,1 mln so‘m;
- Yandex — 445,5 mln so‘m;
- Paddlye.som — 404,2 mln so‘m;
- LinkedIn — 234,1 mln so‘m;
- Adobe Systems — 180,3 mln so‘m.
Ma’lumot uchun, joriy yilning cyentyabr oyida Meta`ning Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyodagi boshqaruv direktori George Chen bugungi kunda O‘zbekistonda Facebook va Instagram foydalanuvchilari soni 10 milliondan oshganini qayd etgandi.