Hindistonda «Dok-1 Maks» dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochildi
Hindistonda O‘zbekistondagi bolalar o‘limiga aloqador «Dok-1 Maks» dori vositasini ishlab chiqargan Marion Biotech kompaniyasiga qarshi ish ochildi. O‘z navbatida, O‘zbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot berish so‘raldi.
SSV 19-o‘limdan keyingina aholini «Dok-1 Maks» dorisidan ogohlantira boshladi
O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» dorisi oqibatida 19 nafar bola vafot etgandan so‘ng SSV aholini ommaviy ravishda ushbu dorini sotib olmaslik haqida ogohlantirishni boshladi. Lekin xabarda dori tarkibida zaharli modda — etilenglikol borligi qayd etilmagan.
Bolalar o‘limi haqida xabar bergan Samarqand viloyati bolalar tibbiyot markazi bosh shifokori ishdan bo‘shatildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, «Dok-1 Maks» siropini qabul qilib vafot etgan bolalar haqida birinchi bo‘lib xabar bergan professor Mamatqul Azizov ishdan bo‘shatilganini tasdiqladi.
Viloyat va tuman XTBlarni yo‘q qilishni istayapman — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat va tuman XTBlarni tanqid qildi. «Bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman, o‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak?» — dedi prezident.
«Shanba-yakshanba kunlari nevaralarimning darslari bilan shug‘ullanaman» — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Xalqaro kongress markazida boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan darsliklar taqdimoti bilan tanishgach, o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari bolalarning ta’lim jarayonida ota-onalarning ham mas’uliyatini oshirish kerakligini ta’kidlab, bunda o‘zini shaxsiy misol qilib ko‘rsatdi.
«Yangi darsliklarni shunday mukammal tayyorlash kerakki, keyinchalik bunga yana qaytmaylik» — prezident
Shavkat Mirziyoyev «Ta’lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!» nomli zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Prezident darsliklarda milliy g‘oya, ajdodlar merosi ham bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizlik va nazorat reglamenti tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan ta’lim muassasalari uchun o‘quv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qo‘llash, ularni belgilash, chizilgan shriftlar, ko‘p ustunli terish, shuningdek, matbaa mahsulotlarida gazeta qog‘ozi va yaltiroq qog‘ozdan foydalanish taqiqlanmoqda.
Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani rad etildi
Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulab tushgani haqida xabar tarqalgandi. FVV va Qurilish vazirligi buni rad etib, aslida 7-qavatdagi 3 dona beton plita tushib ketganini ma’lum qildi. Bu holatda hech kim jarohat olmagan.
O‘zbekistonning 14 ta hududida yangi darsliklar tajriba asosida o‘qitiladi
Boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar 1 yanvardan 14 ta hududda tajriba asosida o‘qitiladi. «Keyingi bosqichda 5−11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak», — dedi prezident.
O‘zbekistonda 2 ta OTM rektorlari lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov va Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ketdi.
Yana ikkita OTM rahbari lavozimidan ozod etildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Termiz davlat pedagogika instituti direktori Eshbolta Qobulov va Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti direktori Abduqahhor G‘aniyev o‘z lavozimidan ozod etildi.
Jahon tillari universitetining 0,5 gektar yeri davlat zaxirasiga qaytarildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga «sog‘lomlashtirish va dam olish maskani» qurilishi uchun ajratilgan 0,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyati tasarrufiga qaytarildi.
Ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Andijonning Shahrixon tumanida yashovchi ayol ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida IIB va Vazirlar Mahkamasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahrida noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan gaz «zapravka»lari aniqlandi
Energetika vazirligi Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida noqonuniy faoliyat olib borayotgan gaz quyish shoxobchalarini aniqladi. Ulardan biri ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘chirgan holda, boshqa biri esa gaz hisoblagich parametrlarini o‘zgartirgan holda ish olib borgan.
Qashqadaryoda piyoda vafotiga sabab bo‘lgan YTHda haydovchi aybsiz deb topildi
Qarshi tumanida Lacetti urib ketishi oqibatida voyaga yetmagan piyoda vafot etgan. Avtomomobil video kamerasidagi tasvir ko‘rib chiqilgandan so‘ng haydovchi aybsiz deb topilgan.
Qashqadaryoda «Dok-1 Maks» sabab yana bir bola vafot etdi
Qashqadaryoda yana bir bola «Dok-1 Maks» sabab vafot etdi. 1 yoshli bolaga sirop 5 kun davomida uyida ichirib turilgan.
31 dekabr kuni Toshkent metropoliteni bir soat ko‘proq ishlaydi
31 dekabr kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan bir soat ko‘proq ishlaydi. 1−2−3 yanvar kunlari soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi. «Toshshahartransxizmat» poytaxtda 31 dekabr — Yangi yil bayrami kuni avtobuslar soat 00:00 gacha harakatlanishini ma’lum qildi. Qolaversa, 2 yanvar kuni yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, 3 yanvar kuni esa shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida yuradi.
Toshkentda vagon ustiga chiqqan 11 yoshli bolani 27 ming voltli tok urdi
Toshkent shahrida 11 yoshli bola poyezd vagoni ustiga chiqqach, uni 27 ming voltli tok urdi. Oqibatda tanasining 80 foizi kuydi. Hozirda uning ahvoli stabil og‘ir deb baholanmoqda.
«Gazeta.uz»da e’lon qilingan fotoreportaj:
Foto: Toshkent Yangi yil arafasida qanday bezatildi?
Toshkent 2023 yilni kutib olishga tayyor. Bezatilgan archalar, yarmarkalar, rango-rang chiroqlarga burkangan daraxtlar, do‘kon va ofislarning o‘zgacha bezatilgani — bayramona kayfiyat ulashmoqda. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam shahardagi muhitni o‘z kamerasi obyektiviga muhrladi.