«O‘zgidromet» xizmati 5−10 yanvar kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi o‘zgarishlar sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
- Namangan viloyati: Pop tumanida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi borligi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 4 yanvar kuni Qamchiq dovoni qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgani sababli yopilgandi. Hududda qolib ketgan yo‘lovchilarga esa maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan va isinish maskanlari tashkil etilgandi.