5 yanvar, payshanba kuni soat 19:25 da Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: shimoliy kenglikning 36,34 daraja; Sharqiy uzunlik 70,7 daraja.
Magnitudasi — 6. O‘choq 235 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 562 km.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Surxandaryo viloyatida 4 ball, 321 km.
- Farg‘ona viloyatida 4 ball, 459 km.
- Jizzax viloyatida 4 ball, 490 km.
- Sirdaryo viloyatida 4 ball, 491 km.
- Samarqand viloyatida 4 ball, 493 km.
- Andijon viloyatida 3−4 ball, 514 km.
- Qashqadaryo viloyatida 3−4 ball, 515 km.
- Namangan viloyatida 3−4 ball, 525 km.
- Toshkent viloyatida 3−4 ball, 536 km.
- Toshkent shahrida 3−4 ball, 562 km.
- Navoiy viloyatida 3−4 ball, 626 km.
- Buxoro viloyatida 3−4 ball, 668 km.
- Xorazm viloyatida 3 ball, 1044 km.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ball, 1169 km.