Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda bemorlarning statsionar davolash muassasalarida o‘rtacha davolanish davomiyligi 6 kunni tashkil etdi.
Hududlar kesimida bemorlarning shifoxonalarda o‘rtacha davolanish davomiyligi:
- Qoraqalpog‘iston — 7 kun;
- Andijon viloyati — 7 kun;
- Buxoro viloyati — 9 kun;
- Jizzax viloyati — 6 kun;
- Qashqadaryo viloyati — 7 kun;
- Navoiy viloyati — 6 kun;
- Namangan viloyati — 6 kun;
- Samarqand viloyati — 7 kun;
- Surxondaryo viloyati — 7 kun;
- Sirdaryo viloyati — 7 kun;
- Toshkent viloyati — 7 kun;
- Farg‘ona viloyati — 6 kun;
- Xorazm viloyati — 6 kun;
- Toshkent shahri — 4 kun.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 11 mln 735 mingdan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Ulardan 4 911 tasi asossiz murojaat hisoblanadi. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelib tushgan.