Yanvar oyining sovuq havosi yaqinlashmoqda. Asialuxe Travel milliy turoperatori 2023 yilni sayohatdan boshlashni taklif qiladi. Milliy turoperator butun oilaning istaklarini inobatga olgan holda va oilaviy budjetga zarar yetkazmasdan yaqin kunlarda qayerga jo‘nab ketish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

27 yanvar kuni Asialuxe Travel bilan Toshkentdan Shri-Lankaga 2023 yildagi ilk charter reyslaridan biri jo‘nab ketadi. Shri-Lanka — bu haqiqiy zavq tortiq qiladigan Janubiy Osiyodagi mehmondo‘st orol. Orol birinchi toifali plyajlar, zamonaviy mehmonxonalar va qadimiy diqqatga sazovor joylarga boy. Bu hatto tajribali sayohatchini ham hayron qoldirish va xursand qilishga qodir bo‘lgan kurort.

Ta’tilni Shri-Lankada o‘tkazish uchun 10 sabab

Noyob tabiat va iqlim. Sayohat vaqtida cheksiz qumli plyajda quyosh nurlaridan bahramand bo‘lgan holda Hind okeani sohilida tropiklarni his qilish, Buddizmning qadimiy joylari va 2250 yoshdan oshgan Bodxi daraxtini ko‘rish, milliy qo‘riqxonada safari uyushtirish, orolning markaziy qismida o‘rtacha iqlimdan bahramand bo‘lish, sharsharalarni tomosha qilish, baland tog‘larda salqinlikni sezish va u yerdan seylon choyi o‘sadigan tuman ortidagi plantatsiyalarni ko‘rish mumkin.

реклама

Aholining mehmondo‘stligi. Bu yerdagi aholi juda mehmondo‘st va odamlarni mamnuniyat bilan o‘z uylariga taklif qilishadi. Dastlab atrofda hamma sizga tabassum qilishi noodatiy tuyulishi mumkin. Lekin safardan qaytganingizda orol aholisining ezgu tabassumlari haqida xotiralar sizni sovuq havoda isitishi mumkin.

Boy madaniy meros. Shri-Lankaning madaniy boyligi UNESCO tomonidan tan olingan, mamlakatning 6 ta arxeologik yodgorliklari butunjahon merosi obyektlari deb e’lon qilingan:

  • Anuradxapura muqaddas shahri — birinchi qadimiy poytaxt;
  • Polonnaruva qadimiy shahri — ikkinchi qadimiy poytaxt;
  • Dambulladagi oltin g‘or ibodatxonasi;
  • Sigiriya qoyasidagi arslon qo‘rg‘oni;
  • Muqaddas Kandi shahri — oxirgi qirollik poytaxti;
  • Qadimiy Galle shahri va uning qo‘rg‘oni.

реклама

Mehmonxonalar. Shri-Lankada mehmonxonalarning turli variantlari mavjud.

Kolomboda siz zamonaviy besh yulduzli mehmonxonalar, shuningdek, o‘tgan yuz yillikning jozibasi va romantikasini his qilish mumkin bo‘lgan mustamlaka davrning mehmonxonalarini topishingiz mumkin. Orolda hayratlanarli darajada chiroyli bo‘lgan mehmonxonalar ham mavjud. Sohilda, ayniqsa g‘arb va janubda ko‘plab rezort-mehmonxonalar mavjud. Tinch va sokin joylar hamda tashrif buyuruvchilarning katta oqimi va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga ega joylar bor. Kichik sayohatchilar uchun doimo mashg‘ulotlar topiladi, ota-onalar esa bemalol hordiq chiqarib, kuch to‘plab olishlari mumkin.

Spa. Spa-muolajalar va ayurveda sog‘liqni yaxshilash, dam olish va yosharishga yordam beradi. Ayurveda — megapolis aholisida ko‘plab uchraydigan kasalliklarning oldini olishga yordam beradigan tibbiyotning qadimiy yo‘nalishi. Spa-muolajalar va massaj esa dam olishga va ichki hamohanglikka ega bo‘lishga yordam beradi.

All Inclusive. Sayohatchilar uchun All Inclusive tizimida ovqatlanish muhimligini Asialuxe Travel juda yaxshi biladi. Shri-Lankada ham Turkiya va Misrdagi kabi uch mahalli ovqatlanish va ichimliklarni o‘z ichiga oladigan All Inclusive tizimli mehmonxonalar bor. Dam olishni Shri-Lankada, okean yonidagi besh yulduzli mehmonxonada ovqatlanish bilan o‘tkazishdan ham yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin?

Hamyonboplik. Shri-Lankada qulay narxlarda dam olish va sayohat qilish mumkin. Tejab qolish istagi bilan bir kishi 100 dollarga bir hafta yashashi mumkin, bunda turli kurortlar va shaharlarni aylanish mumkin.

реклама

Gastronomik turizm. Ko‘plab sayohatchilar Shri-Lankadagi taomlar ko‘p jihatdan hind taomlariga o‘xshaydi deb o‘ylashadi: guruch, dengiz mahsulotlari, mevalar, karri, ziravorlar. Haqiqatdan ham ziravorlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri orol tarixi bilan bog‘liq o‘xshashliklar ham bor. Turli xalqlar bilan o‘zaro munosabat tufayli Shri-Lanka taomlariga boshqa davlatlarning lazzatlari ham kirdi. Shu tariqa bu yerliklarning dasturxonida kabob, biriani palovi, omlet, puding va teftel paydo bo‘lgan. Orolda Halal ovqatlanish konsepsiyasiga ega mehmonxonalar ham bor. Shri-Lanka taomlari xilma-xil va har bir kishiga ma’qul keladi.

реклама

Faol dam olish. Orol — vindsyorfing, suv chang‘isi, suv mototsikli, syorfing, yelkan sporti va suv ostida suzish uchun tog‘ri keladigan joy. Bu yerda butun yil davomida kayak va kanoeda sayr qilish hamda bularni piyoda sayr va kemping bilan birlashtirish mumkin.

Instagram-lokatsiyalar. Sayohatga borib, rasm olib kelmaslik — bunday narsa ijtimoiy tarmoqlar asrida bo‘lmaydi. Quyida Shri-Lankadagi Instagram-lokatsiyalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

  • The Coconut Tree Hill;
  • Demodara ilmog‘i;
  • Dondra mayoqchasi;
  • Jetavana hovonchasi;
  • Diyaluma sharsharasi yoki «Kelin fatasi»;
  • Mirissa;
  • Pinnavela fillar uyi;
  • Dikvella;
  • Kitulgala shahri;
  • «Yala» milliy bog‘i.

Yo‘nalishlar, narxlar va parvoz sharoitlari haqidagi batafsil ma’lumotni asialuxe.uz sayti va quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: (+998) 71−211−22−22, (+998) 71−201−77−77.

Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStore da mavjud bo‘lgan Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab olishingiz mumkin.

Turistik to‘plamlarni Asialuxe Travel kompaniyasining sotuv ofislarida va O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida topishingiz mumkin.

Asialuxe Travel — sizning milliy turoperatoringiz.

Sayt: asialuxe.uz
Telegram: t.me/Asialuxe
Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqlari asosida.