11 yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways reyslari, jumladan, Toshkent-Farg‘ona-Toshkent, Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona, Toshkent-Termiz, Termiz-Moskva, Toshkent-Sankt-Peterburg-Toshkent, Toshkent-Samarqand va Namangan-Ufa-Namangan kechikib amalga oshiriladi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Shuningdek, Namangan-Buxoro-Namangan va Namangan-Samarqand-Namangan qatnovlari ham noqulay ob-havo sharoiti sababli bekor qilindi. Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan aviaqatnovlar aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega.

Uzbekistan Airways AJ axborot xizmati keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘radi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xalqaro aeroportlaridagi cheklovlar, reyslarning bekor qilinishi va kechikishi haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni quyidagi havolalar orqali olish mumkin:

  • @UzairportsBot Telegram botida;
  • +998 (55) 501−47−50 Yagona aloqa markazida;
  • Tegishli aviakompaniyalarning vakolatxonalarida;
  • Uzbekistan Airports`ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida.