FVV aholini ko‘chalarda ehtiyotkorona harakatlanishga chaqirdi

Rasmiylar aholiga muzlar erib tushishi va daraxt shoxlarining qulashidan ehtiyot bo‘lishni, hushyorlik uchun ko‘chada quloqchin taqib yurmaslikni, aholi turar joylariga kirishda transport vositalarining tezligini kamaytirishni tavsiya qildi.

Qayerda qachon o‘qish boshlanadi?

Vazirlar Mahkamasi bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda hokimliklarga ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berildi. Shu munosabat bilan darslar viloyatlarda turlicha — 11, 12, 13, 16 hamda 18 yanvardan boshlanmoqda (ro‘yxat)

«Farzandim sinf bo‘yicha darsga borgan yagona o‘quvchi bo‘libdi». Tarmoqdagilar maktablar ochilishi haqida nimalar demoqda?

11 yanvar kuni O‘zbekistondagi ko‘p maktablarda ustozlar o‘quvchilar kelmagani tufayli, bo‘sh sinf xonalariga dars o‘tdi. Bunga bir kun avval yarim tunda chiqqan maktablarda o‘qish boshlanishi haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» tarmoqdagilar bu holatga bildirgan munosabatlarni bir materialga jamladi.

Anomal sovuq tufayli siquv kompressor stansiyalarida avariyali to‘xtalishlar kuzatilmoqda — «O‘zbekneftgaz»

Anomal sovuq tufayli zavod va boshqarmalarning siquv kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlarida avariyali holatda to‘xtashlar kuzatildi, deya xabar qildi «O‘zbekneftgaz». Mutaxassislar gaz qazib olishning qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 6 mlrd dollarlik mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident O‘zbekistonda jami 6 mlrd dollarlik mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Biroq uning bajarilish muddati belgilanmagan. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev so‘nggi yillarda o‘zini oqlamagan mahalliylashtirish siyosatini tanqib qilib, uni saratonga o‘xshatdi.

Qozog‘istonda sovuq tufayli yo‘lda qolib ketgan avtobuslardan 69 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Aktobe viloyatida noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘lda qolib ketgan ikkita yo‘lovchi avtobusidan 69 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi. Ular umumta’lim maktabi va masjidga vaqtincha joylashtirildi.

Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishda javobgarliklar kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalar huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmaganlarning nomusiga tegish, zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni qondirish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Xususan, ularga nisbatan amnistiya qo‘llanmaydi.

Toshkent shahrida Yevropa kiyigini hujjatlarsiz olib yurgan fuqaro aniqlandi

«Yangihayot» blokmaskani (Surum)da 2 fuqaro mashinada yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan bir bosh Yevropa kiyigini hujjatsiz olib yurgani aniqlandi. Jonivor vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.

Bog‘chalarning barcha xodimlari ta’til kunlari ham ishda bo‘lishi kerak — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’til kunlarida ham bolalar bog‘chalarining barcha xodimlari (oshpazlar bundan mustasno) ish joylarida bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. «Qo‘shimcha ta’til kunlari faqat tarbiyalanuvchilar uchun», — deyiladi xabarda.

Ayrim mahalliy aviareyslar bekor qilindi. Ba’zi xalqaro qatnovlar esa kechikmoqda

Uzbekistan Airways noqulay ob-havo sharoiti tufayli Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg kabi shaharlarga qo‘yilgan reyslar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, mahalliy aviaqatnovlarning ham ayrimlari bekor qilindi.

Banklar dollarning sotish kursini 20 so‘mga oshirdi

Tijorat banklari 11 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 330 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 360 so‘m.

Toshkent viloyatida noqonuniy faoliyat yuritayotgan 2 ta «zapravka» aniqlandi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Ohangaron tumanida noqonuniy faoliyat yuritayotgan «zapravka»larni aniqladi. AGTKSHlarning uskunalari foydalanishga yaroqsizligi, elektr energiyasidan jami 111 mln so‘m qarzdorligi ma’lum bo‘ldi.

Jizzaxda 1 sentabrgacha elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident raisligida o‘tgan videoselektorda avtomobilsozlik tarmog‘ida o‘sishni ta’minlash uchun 2023 yil 1 sentabrga qadar Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va Andijonda zamonaviy quyuv sexini, Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasterini to‘liq quvvatga chiqarish topshirildi.

Samarqandda «Jiguli» va avtobus to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Paxtachi tumanida VAZ-21013 haydovchisi avtobus yo‘liga chiqib ketishi natijasida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda «Jiguli» haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi. Yana uch kishi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda pullik avtoturargohlarni o‘rnatish bilan kim shug‘ullanadi?

Toshkent shahar hokimi poytaxtning 10 ta markaziy ko‘chasida birinchi pullik avtoturargohlar tizimini yaratishni ma’qulladi. Loyiha 10 yilga tuzilgan davlat-xususiy sheriklik shartnomasi asosida Kasy Park kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.