AQShda havo xodimlari uchun NOTAM tizimidagi nosozlik tufayli chorshanba kuni ertalab barcha ichki reyslarga taqiq joriy etildi, deb xabar bermoqda CNN.
Hozirda nosozlik bartaraf etilgan, parvozlarga taqiq bekor qilingan. Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
6000 dan ortiq reyslar kechiktirildi, 1000 ga yaqin reys bekor qilingan.
NOTAM (Havo missiyalariga bildirishnoma) uchuvchilarni uchish-qo‘nish yo‘lagi va aerodrom yopilishi, uskunaning nosozliklari va marshrut bo‘ylab yoki belgilangan joyda boshqa muhim ma’lumotlardan xabardor qiladi.
AQSh aeroportlari kuniga o‘rtacha 45 mingdan ortiq reyslarni (2,9 mln yo‘lovchi) qabul qiladi. FAA ma’lumotlariga ko‘ra, eng tig‘iz paytlarda 5400 tagacha samolyot bir vaqtning o‘zida havoda bo‘lishi mumkin.