10 yanvar kuni Samarqanddagi Family Park savdo markazida Volkswagen E-bora elektromobilining tantanali taqdimoti, xalqaro pul o‘tkazmalari aksiyasining rasmiy yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi va tadbirning faol ishtirokchilari uchun boshqa ko‘plab sovg‘alar o‘ynaldi.

Volkswagen E-bora elektromobilining rasmiy taqdimoti Agrobank boshqaruv raisi o‘rinbosari — Vohid Ochilovga topshirildi. Bundan tashqari, mehmonlar DJ King Macarella‘ning zamonaviy musiqalari va yosh ijrochi Yorqinxo‘ja Umarovning xitlaridan bahramand bo‘lishdi hamda “Agrobank"ning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shunday qilib, “Agrobank” maxsus aksiyasi g‘olibi namanganlik Shokir Dadaxonov bo‘ldi.

Bundan olti oy avval “Argobank” xorijdan onlayn pul o‘tkazmalari xizmatlari foydalanuvchilari uchun maxsus aksiyani e’lon qilgan edi. Bu davrda 35 ta iPhone 13 smartfoni va Chevrolet Nexia 3 avtomobili g‘oliblari aniqlandi.

Aksiya ishtirokchilari “Argobank” plastik kartalariga har oyda kamida 2 mln so‘m (o‘rtacha 200 AQSh dollari) miqdorida onlayn pul o‘tkazmalarini amalga oshirdilar. Aksiya yakuniga ko‘ra, 10 iyundan 25 dekabrgacha 1,4 mln nafar mijoz ishtirok etdi.

Pul o‘tkazmalari asosan Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya va boshqa davlatlardan amalga oshirildi.

Reklama huquqlari asosida.