O‘zbekiston va Singapur qariyb 5 mlrd dollarlik kelishuv imzoladi
O‘zbekiston-Singapur biznes-forumida salkam 5 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi. Prezident Singapur kompaniyalarini O‘zbekistonda xususiylashtirish, shahar, transport infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa dasturlarda ishtirok etishga chaqirdi. Ularga ko‘mak choralarini taqdim etishga tayyorligini bildirdi.
IIV akademiyasida og‘ir vaziyatlarda 100 ta oilaga mo‘ljallangan yashash xonalari tashkil etiladi
'IIV rahbari Po‘lat Bobojonov energiya resurslari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Mas’ullarga vazirlik akademiyasi bazasida og‘ir vaziyatlarda 100 ta oilaga mo‘ljallangan yashash xonalarini tashkil etish, mahallalarda «Isinish punktlari»ning faoliyatini ta’minlash vazifasini topshirdi.
O‘zbekistondagi g‘ordan topilgan neandertal bolaning tashqi ko‘rinishi namoyish etildi
Olimlar O‘zbekistondagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bolaning ko‘rinishini namoyish etdi. Bu birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanishi.
Sud tizimini sifat jihatidan yaxshilash strategiyasi tasdiqlandi
Prezident sud tizimini sifat jihatidan yaxshilash uchun tuzilgan 3 yillik strategiyani tasdiqladi. Unga ko‘ra, sudlar faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi. Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasida qonunchilikni tahlil qilish departamenti ochiladi.
Poytaxt markazida harakatlanayotgan yengil avtomobillar soni 20 foizgacha qisqartiriladi
Toshkent shahrida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, tirbandliklar yuzaga kelishining oldini olish va ularning sonini keskin kamaytirish rejalashtirilmoqda. Xususan, poytaxtning markaziy ko‘chalarida harakatlanayotgan yengil mashinalar soni 20 foizgacha qisqartiriladi.
USAID O‘zbekistonda migrantlar uchun ikkinchi resurs markazini ochdi
USAID Samarqandda migrantlar va ularning oilalari uchun ikkinchi axborot-maslahat markazini ochdi. Markaz xorijda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun treninglar o‘tkazadi hamda qaytib kelgan migrantlar va ularning oila a’zolariga huquqiy maslahat va kasb-hunar o‘rgatadi.
Uzbekistan Airways talabalar uchun 50 foizli chegirma muddatini uzaytirdi
Uzbekistan Airways kompaniyasi talabalar uchun aviaqatnovlarga beriladigan 50 foizli chegirma muddatini 23 yanvarga qadar uzaytirdi.
Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishidagi xalqaro poyezd harakati tiklanadi
2 fevraldan Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishidagi xalqaro poyezd harakati qayta tiklanadi. Yo‘nalish qatnovi 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtatilgan edi.
Toshkent-Termiz va Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan Toshkent-Termiz va Toshkent-Urgancha yo‘nalishida 21−22 yanvar kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkentdagi qurilishning 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi
Poytaxtdagi qurilish firmalarining birida 20 nafar ishchi ovqatdan zaharlangani aniqlandi. Ular tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan. SES xabariga ko‘ra, hozirda bemorlarning ahvoli qoniqarli.
Surxondaryoda 2 shaxs nodavlat universitet ochib, 18 kishining pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda
Jarqo‘rg‘on tumanida 2 shaxs nodavlat universitet ochib, 18 kishining 152,9 mln so‘mini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborganlikda gumonlanmoqda. Denovda esa yana bir fuqaro o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pora olgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov Bolgariya turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish va tadbirkorlik subyektlari aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Farg‘onada ikki YTHda ikki kishi vafot etgan
Beshariq tumani va Farg‘ona shahrida yuz bergan YTHlarda ikki nafar fuqaro vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.
Ziyovuddin Mirsodiqov «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi etib tayinlandi
U shu paytga qadar Toshkent shahridagi «Bo‘ta buva» jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi
Afsonaviy sirk ustasi Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi. U 80 yil davomida sirk manejida ot ustida tomosha ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelgan.
Banklarda dollarning sotish kursi 11 375 so‘mga tushdi
Tijorat banklari 18 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 290 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 375 so‘m.
Xorazmda benzin tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi
Tuproqqal’a tumanidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida benzin tashuvchi MAN yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in deyarli 3 soat davom etgan. Uning oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi Xorazm viloyati FVB xabarida.
«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola va videoreportaj:
O‘zbekiston eksportining Rossiyaga bog‘liqligi ortib borayotgani — xavfli tendensiya
2022 yilda Rossiya O‘zbekistonning eksport bo‘yicha asosiy savdo hamkorlari orasida yaqqol yetakchilikni qo‘lga oldi. Iqtisodchi, «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev O‘zbekiston eksportining asosiy ko‘rsatkichlari hamda Rossiya tomon konsentratsiyalashuvining kelib chiqish sab
ablari to‘g‘risida fikr yuritadi.
Ochiq osmon ostidagi ish: Obodonlashtirish xodimlarining fikri va kayfiyati qanday?
«Gazeta.uz» obodonlashtirish xizmati xodimlari bilan qahratondagi ish haqida suhbatlashdi.