2 fevral sanasidan 369/370-sonli Toshkent-Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishida yangi xalqaro poyezd o‘z harakatini boshlaydi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ matbuot xizmati.
Yo‘nalish qatnovi 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtatilgan edi. Uning harakat jadvali quyidagicha amalga oshiriladi:
369-sonli Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishi: Toshkent 16:05 — Novosibirsk 04:58.
- Fevral oyida 2, 10, 18, 26-kunlari;
- mart oyida 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 31-kunlari;
- aprel oyida 4, 8, 12-kunlari;
- may oyida 6, 14, 31-kunlari;
- iyun oyida 4, 12, 20, 28-kunlari;
- iyul oyida 6, 14, 22, 31-kunlari;
- avgust oyida 8, 16, 24-kunlari;
- sentabr oyida 2, 6, 26-kunlari;
- oktabr oyida 12, 24, 28-kunlari;
- noyabr oyida 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 30-kunlari;
- dekabr oyida 4-kuni.
370-sonli Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishi: Novosibirsk 10:42 — Toshkent 05:32.
- Fevral oyida 5, 13, 21-kunlari;
- mart oyida 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari;
- aprel oyida 3, 7, 11, 15-kunlari;
- may oyida 9, 17-kunlari;
- iyun oyida 3, 7, 15, 23-kunlari;
- iyul oyida 1, 9, 17, 25-kunlari;
- avgust oyida 3, 11, 19, 27-kunlari;
- sentabr oyida 5, 9, 29-kunlari;
- oktabr oyida 15, 27, 31-kunlari;
- noyabr oyida 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari;
- dekabr oyida 3, 7-kunlari.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda chipta.railway.uz sayti orqali ham xarid qilish mumkin.