Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman yopildi
Poytaxtning Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik 19 yanvardan qisman noma’lum muddatgacha yopildi. Bu vaqtda hududda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Кириллчада
19 yanvar 2023, 10:43
Jamiyat
Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman noma’lum muddatgacha yopildi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
19 yanvaridan Bobur ko‘chasida joylashgan ushbu ko‘prikda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling