Toshkentning Kichik halqa yo‘li ichida harakat tezligi 60 kmgacha pasaytirildi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi Toshkentning Kichik halqa yo‘li ichidagi hududlarda transportlarning harakat tezligini 70 kmdan 60 kmgacha pasaytirishga oid qarorni qabul qildi.

O‘zbekiston hududlarining qayerlarida harakat tezligi 60 km/soat etib belgilandi?

17 yanvar kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoni bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi. Ushbu cheklov qaysi ko‘chalarda amal qilish haqida ma’lumot.

Metan «zapravka»lar ayrim mashinalarga tanish-bilish qilib, gaz to‘ldirib berayotgani rad etildi

«O‘ztransgaz» ba’zi «zapravka»lar mashinalarga tanish-bilish qilib, gaz to‘ldirib berayotganini rad etdi. Unga ko‘ra, kunning ma’lum qismida 1 soatdan 3 soatgacha davlat tashkilotlari avtomobillariga xizmat ko‘rsatilmoqda. Harorat ko‘tarilgach, barcha shoxobchalar odatdagi ish tartibiga qaytadi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston mahkumlarni o‘zaro alishishi mumkin

Qozog‘istonda deputatlar O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Bosh prokuror o‘rinbosari 225 nafar o‘zbekistonlik mahkum jazoni vatanida o‘tash istagini bildirganini aytdi. «O‘zbekistonda 20 nafar sudlangan fuqarolarimiz bor, ular ham qaytishga qarshi emas, deb o‘ylaymiz», dedi u.

O‘zbekistonlik shifokorlar siam egizaklarini operatsiya yordamida ajratib oldi (foto)

Neonatal xirurgiya markazi shifokorlari tanasining qorin qismi birlashgan qirg‘izistonlik siam egizaklarini jarrohlik yo‘li bilan ajratib oldi. Bolalarning ahvoli stabil deya baholanmoqda. Yaqinda ular uyiga ruxsat berilishi mumkin. SSV rahbari ushbu operatsiyada qatnashgan shifokorlarni taqdirladi.

«Bu hozir hech kimga qiziq emas» — SSV O‘zbekistonda koronavirus statistikasini e’lon qilish to‘xtatilgani haqida

O‘zbekistonda kovid statistikasi e’lon qilinmayotganiga bir oydan oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanish holatlari keskin kamaygani uchun axborot berish to‘xtatilganini bildirdi. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kuniga 15−20 ta kasallanish holati qayd etilmoqda.

Foto: O‘zbekistonning anomal sovuqda muzlab qolgan ko‘l va sharsharalari

Anomal sovuq kunlarda O‘zbekistondagi suv havzalari, ko‘l va sharsharalar muzlab qoldi. Ularning nafaqat doimiy ko‘rinishi, balki muzlagan holati ham alohida jozibador. «Gazeta.uz» ana shunday tasvirlarni jamladi.

Qozog‘istonda novvoyxona portlab, ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Olmaota viloyati Yesik shahrida novvoyxona portlab, yong‘in yuz berdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi.

Navoiyda qurilayotgan SHES uchun Xitoydan turbina va generatorlar keltirilmoqda

Tomdi tumanida qurilayotgan, quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi uchun Xitoyning Lanjou shahridan maxsus transport vositalari orqali turbina va generatorlar olib kelinmoqda. Loyiha yil yakunida ishga tushirilishi va Markaziy Osiyodagi eng yirik SHES bo‘lishi kutilmoqda.

Bishkekdan Istanbulga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Turkish Airlines aviakompaniyasining Bishkek-Istanbul yo‘nalishidagi samolyoti noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Hozirda uning belgilangan manzilga parvozini amalga oshirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman yopildi

Poytaxtning Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik 19 yanvardan qisman noma’lum muddatgacha yopildi. Bu vaqtda hududda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolovchi dorilar ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda Singapur kompaniyasi hamkorligida umumiy qiymati 49 million dollarga teng farmatsevtika korxonasi ochiladi. Unda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Banklarda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun arzonlashdi

Tijorat banklari 19 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 265 — 11 315 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 345 so‘m.

Xalqaro avtobus qatnovlari qayta tiklandi

O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli qatnovlar 13 yanvardan to‘xtatilgandi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

«Kursida yalpayib o‘tirib, nimanidir kutish kerak emas». 27 yoshida Avstraliya senatoriga aylangan afg‘on qizi hikoyasi

27 yoshida senatorga aylangan afg‘onistonlik Fotima Paymon siyosat maydoniga shunchaki omadi yurishganidan kirib kelmagan. Tarixi qiziq va og‘riqli. To‘rt yoshida «Tolibon» zulmidan oilaviy qochib, Pokiston, so‘ng Avstraliyadan boshpana topgan qiz bugun qit’adagi eng yosh va hijobli yagona siyosatchidir.