Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 466 mln kishi eshitish qobiliyatidan aziyat chekmoqda va 2050 yilga borib 700 mln ga yaqin kishi eshitish reabilitatsiyasiga muhtoj bo‘ladi. Eshitish qobiliyatini yo‘qotish qanday namoyon bo‘lishini va eshitish vositalari muhimligi haqida «Eshitish akademiyasi»ning mutahassislari so‘zlab berdi.

Eshitish muammolari keksalikning oqibatimi?

«Eshitish akademiyasi» xaridorlarining 70 foizi haqiqatan ham eshitish qobiliyatini yoshga bog‘liq holda yo‘qotayotgan keksa odamlardir. Ammo ushbu holat yosh odamlarda ham uchraydi.

Rossiyalik tadqiqotchilar turli yoshdagi odamlarda eshitish qobiliyatini yo‘qotish bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdilar:

  • 0 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 1000 nafar bola orasida 29 ta holat;
  • 1000 nafar katta yoshdagilar orasida 230 ta holat;
  • 60 yoshdan oshgan 1000 kishi orasida 478 ta holat uchraydi;

Eshitish qobiliyatini yo‘qotgan odamlarda qanday alomatlar mavjud?

Eshitish qobiliyatini yo‘qotgan odamlar televizor, radio ovozini asta-sekin oshiradi, telefon qo‘ng‘irog‘i yoki budilnikning ovozi yetarli emasligi haqida shikoyat qiladilar.

Aniq bo‘lmagan belgilarni sezish qiyinlashadi: odam alohida harflarni eshitsa ham, so‘zlarni yomonroq ajratishni boshlaydi.

«Eshitish akademiyasi» yiliga kamida bir marta eshitish qobiliyatini tekshirishni tavsiya etadi. «Eshitish akademiyasi»da bunday xizmat bepul.

Eshitish vositasi bilan tuzatilmagan eshitish qobiliyatini yo‘qotish qanchalik xavfli?

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, eshitish qobiliyatini yo‘qotish ham bolalar, ham qariyalar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:

  • bolalar keyinroq gapira boshlaydilar, ko‘pincha ular noto‘g‘ri gapirishadi;
  • kattalar uchun ish topish qiyinroq;
  • keksa odamlarda Alsgeymer kasalligiga chalinish xavfigi yuqori, ularda xotira va e’tibor zaiflashadi.

Eshitish vositasi qanday yordam berishi mumkin?

Zamonaviy eshitish vositalari to‘liq eshitishga va to‘liq hayotga qaytishga yordam beradi:

  1. Nutqni tushunish darajasi oshadi. Shu bilan birga, begona tovushlar suhbatga xalaqit bermaydi — ular asbob tomonidan bostiriladi.
  2. Bir nechta odam gapirganda, ularning so‘zlari tushunarsiz tovushlar to‘plamiga aylanmaydi, siz aniq ovozni eshitasiz.
  3. Asbobning barcha funksionalligi kichik qutiga sig‘adi.

реклама

«Eshitish akademiyasi» sakkiz kanalli Aurica Pixel 860 eshitish vositasiga «1+1» aksiyasini e’lon qiladi. Taklif fevral oyi oxirigacha amal qiladi. Bu dunyoni va yaqinlaringizni takror to‘liq eshitish uchun ajoyib imkoniyat.

Foydalanishdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishib, mutaxassis bilan maslahatlashish lozim.

Oldindan ro‘yxatdan o‘tish quyidagi telefon orqali amalga oshiriladi: (+998) 71−209−22−32, (+998) 99−028−48−80.

Manzil: Yunusobod tumani, M-5, Kiyot mavzesi, 54.

Reklama huquqlari asosida.