O‘zbekiston prezidentining qarori bilan yoshlar siyosati va sport vaziri rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda prezident Administratsiyasiga yaqin deb hisoblanadigan «Nigoh» Telegram-kanali.
Xususan, Durdona Raximova yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
U 2020 yilning marti oyidan shu paytga qadar Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgandi. Undan avval Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shaxrillo Maxmudov yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Foto: Yoshlar siyosati va sport vazirligi
U 2022 yilning fevralidan turizm va sport vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Murad Ismailov yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U 2022 yilning martidan hozirgacha turizm va sport vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Abdullo Aslonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.