«Agrobank» ATB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qamashi filiali mansabdor shaxslari mablag‘larni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.
Holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Tergov davomida 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
«Tergovning borishi alohida nazoratga olingan. Yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi», — deyiladi xabarda.
Uznews.uz xabar qilishicha, o‘zlashtirilgan summa salkam 4 mlrd so‘mni tashkil etadi.