Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tayotgan taekvondo sport turi bo‘yicha Fujairah Open-2023 musobaqasining dastlabki kunida O‘zbekiston kattalar terma jamoasi a’zolari 9 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Taekvondo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Turnirda 34 ta davlatdan kelgan 405 sportchi dayanga chiqdi. Unda ilk marotaba o‘zbekistonlik sportchilar jamoasi bitta musobaqada 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Oltin medal olgan sportchilar:
- Madinabonu Mannopova (-49 kg);
- Feruza Sadikova (-67 kg);
- Svetlana Osipova (+73 kg);
- Omonjon Otajonov (-54 kg);
- Ulug‘bek Rashitov (-74 kg);
- Nikita Rafalovich (-87 kg).
Kumush medal sovrindorlari:
- Najmiddin Qosimxo‘jayev (-68 kg);
- Ozoda Sobirjonova (-62 kg).
Bronza medal egasi:
Niyaz Po‘latov (-68 kg).
8 fevralgacha musobaqaning navbatdagi bosqichlari o‘tkazilib, o‘smirlar va bolalar toifasida sovrindorlar aniqlanadi.