Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi
O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Buxoro viloyatiga boradi. U yerda mahallalar hayoti, korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Shuningdek, yangi loyihalarni ishga tushirish, hududni rivojlantirish masalalari muhokamasida ishtirok etadi.
Кириллчада
17 fevral 2023, 10:55
Jamiyat
17 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar berdi.
Safar davomida davlat rahbari mahallalar hayoti va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, yangi loyihalarni ishga tushirish, viloyatni rivojlantirish bo‘yicha muhim masalalarni muhokama qiladi.
O‘tgan hafta prezident Jizzax viloyatiga ham tashrif buyurgandi.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling