O‘zbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlaridan 56 ta yig‘majild o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda «O‘zarxiv» agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ma’lum qildi.

Maxfiylikdan chiqarilgan xujjatlar:

  • I-1 «Kanselyariya Turkestanskogo general gubernatora» («Turkiston general-gubernatorligi devoni») (1868−1917 yil) fondining 26-ta;
  • I-3 «Rossiyskoye imperatorskoye politicheskoye agentstvo v Buxare» («Buxorodagi Rossiya imperatorlik siyosiy agentligi»);
  • I-5 «Kanselyariya nachalnika Zeravshanskogo okruga» («Zaravshon okrugi rahbari devoni»);
  • I-16 «Upravleniye pereselencheskim delom v Sыr-Darinskom rayone» («Sirdaryo rayoni ko‘chirish boshqarmasi»);
  • I-19 «Ferganskoye oblastnoye upravleniye» («Farg‘ona viloyati boshqarmasi»);
  • I-46 «Upravleniye Turkestanskogo tamojennogo okruga» («Turkiston bojxona okrugi boshqarmasi»);
  • I-194 «Patta Gisarskaya tamojnya» («Patta Hisor bojxonasi»);
  • I-278 «Tovari prokurora Samarkandskogo okrujnogo suda po Samarkandskomu uchastku» («Samarqand tuman sudi Samarqand uchastkasi prokurori»);
  • I-715 «Podgotovitelnыye materialы k sostavlennoy polkovnikom A.G.Serebrennikovыm publikatsii dokumentov «Turkestanskiy kray. Sbornik materialov dlya istorii yego zavoyevaniya» («Polkovnik A.G.Serebrennikov tomonidan tuzilgan hujjatlarni nashr etish uchun tayyorlov materiallari «Turkiston o‘lkasi. Uning zabt etilishi tarixi bo‘yicha materiallar to‘plami»».);
  • I-722 «Shtab Turkestanskogo voyennogo okruga» («Turkiston harbiy okrugi shtab-kvartirasi».) fondlaridagi 56 ta yig‘majildlari.

Shuningdek, R-314 «Upolnomochennыy upravleniya po evakuatsii naseleniya pri Sovete Narodnыx Komissarov UzSSR» («O‘zSSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Aholini evakuatsiya qilish boshqarmasi komissari».) fondi va R-837 «Sovet Narodnыx Komissarov UzSSR» («O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti») fondlarining 603 ta varaqdan iborat arxiv hujjatlari o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda foydalanuvchilar ushbu hujjatlardan hech qanday to‘siqsiz foydalanishlari mumkin.