Toshkent metropolitenining «Novza» bekatidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida savdo shoxobchalari qayta tashkil etiladi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz»ga tashkilot matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayev.

Mutasaddining aytishicha, shoxobchalarning qay tartibda tadbirkorlarga ijaraga berilishi borasida aniq tartib hozircha yo‘q.

«Prezident qarorida metro bekatlarining faoliyat samaradorligini oshirish uchun savdo shoxobchalarini tashkil qilish belgilab berilgan. Ular sinov tariqasida hozircha faqat „Novza“ bekatining piyodalar o‘tish yo‘lagida tashkil etilmoqda va bekatda qurilish ishlari boshlangan», — dedi To‘ychi Mirzayev.

новза, savdo shoxobchalari

Uning so‘zlariga ko‘ra, shoxobchalar pandemiyadan oldin ham bo‘lgan. Karantin sabab faoliyati to‘xtatilgan.

«Nima uchun aynan „Novza“ tanlanganiga keladigan bo‘lsak, bekat shaharsozlik normalari, qurilish talablari va harakat xavfsizligi talablariga javob bera olishi hamda yo‘lovchilar oqimining me’yorda ekani inobatga olingan», — dedi metropoliten matbuot xizmati kotibi.

новза, savdo shoxobchalari