O‘zbekistonlik bokschilar Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha «Kichik jahon chempionati» nomini olgan «Stranja» turnirida 18 ta medal oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
74-bor tashkil etilgan ushbu musobaqada 38 mamlakatdan 398 nafar sportchi qatnashdi. Musobaqani O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 18 ta medal bilan turnirni birinchi o‘rinda yakunladi. Ikkinchi o‘rinni Bolgariya, uchinchi o‘rinni esa AQSh band etdi.
2022 yilda ham mazkur turnir o‘zbekistonliklar uchun omadli kelgandi. O‘shanda ham ular 6 ta oltin va 1 ta bronza olib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagandi.
2023 yilgi natijalar bo‘yicha oltin medal:
- -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev;
- -51 kg: Hasanboy Do‘smatov;
- -63.5 kg: Mujbillo Tursunov;
- -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
- -71 kg: Saidjamshid Ja’farov;
- -86 kg: Shohjahon Abdullayev;
- +92 kg: Bahodir Jalolov.
Kumush medal:
- -54 kg: Mirazizbek Mirzahalilov;
- -60 kg: Adhamjon Muhiddinov;
- -63.5 kg: Ruslan Abdullayev;
- -67 kg: Begzod Hamidov;
- -48 kg: Saidaxon Rahmonova.
Bronza medal:
- -60 kg: Shunqor Abdurasulov;
- -60 kg: Dilshod Abdumurodov;
- -63 kg: Xadichabonu Abdullayeva;
- -71 kg: Nurislom Ismoilov;
- -75 kg: Havasbek Asadullayev;
- -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev.