26 martidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan Londonga muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi, deya xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.
Shunda Toshkent — London — Toshkent aviaqatnovlari haftasiga uch marta — seshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Avvalroq milliy aviakompaniya 26 martdan 28 oktabrga qadar amal qiladigan bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tayotgani xabar qilingan edi.